Isroil harbiy-havo kuchlari yahudiy davlati hududi Falastinning HAMAS harakati jangarilari tomonidan raketa bilan o‘qqa tutilgach, 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi G‘azo sektoriga javob zarbasini berdi, deb yozadi “TASS”.
“Javob harakatlari sifatida Isroil Mudofaa armiyasi harbiy-havo kuchlari HAMASning G‘azo sektori shimolidagi ikkita tayanch punktiga hujum qildi”, — deyiladi mamlakat qurolli kuchlari tarqatgan xabarda. Qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.
Nashr eslatishicha, 8-avgust, seshanba kuni kechqurun Isroil janubi-g‘arbidagi Ashkelon shahri raketa yomg‘iri ostida qoldi. G‘azo sektoridan uchirilgan raketa shahar yaqiniga tushdi, hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)