Samarqand viloyatida 2017-yilning dastlabki olti oyida 15—16 yoshdagi qizlar o‘rtasida sakkizta tug‘ruq qayd etilgan va bu salbiy ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan uchtaga ko‘paygan. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar berdi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining axborotiga ko‘ra, bunga patronaj xizmati imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanmaslik, tegishli nazorat va targ‘ibot ishlarining susaytirilgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)