Shavkat To‘laganov O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Davlat rahbarining 7-avgustdagi farmonida aytilishicha, unga kichik sanoat zonalari va erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.
Shavkat To‘laganov 1964-yilda tug‘ilgan, Toshkent politexnika instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Ushbu tayinlovga qadar u 2008-yildan buyon tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan (vazirlik qayta tashkil etilishiga qadar — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri o‘rinbosari).
2005—2008-yillarda iqtisodiyot vazirining Iqtisod va investitsiya dasturlarini modernizatsiyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 1995—2005-yillarda “O‘zavtosanoat” AK bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.
Izoh (0)