Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni deb e’lon qilindi. Bu haqdagi farmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Kasb bayramini o‘rnatishdan ko‘zlangan maqsad — “amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish”.
Eslatib o‘tamiz, O‘Prezidentning 2-avgustdagi farmoniga ko‘ra avgustning birinchi yakshanbasi Temiryo‘l transporti xodimlari kuni deb e’lon qilingan edi.
Izoh (0)