AQSh boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Suriyaning Raqqa shahridagi gospitalga fosforli bombalar bilan zarba berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Gospital 20 dan ziyod snaryadlar vositasida bombardimon qilindi, ular elektrogeneratorlar, tez yordam mashinalari va gospital ichidagi bo‘limlarga qarshi qaratilgan edi”, — deydi “Qizil Yarim Oy”ning mahalliy bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari, Raqqada istiqomat qiluvchi Dinu al-Asad.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gospitalda IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari bo‘lmagan. Al-Asadning qayd etishicha, gospital shahardagi taxminan 100 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Avvalroq Human Rights Watch (HRW) huquqni himoya qilish tashkiloti o‘z hisobotida AQShni Suriyada fosforli bombalardan foydalanishdan tiyilishga chaqirgan edi.
Izoh (0)