• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston temiryo‘lchilariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat temiryo‘lchilariga Temir yo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Tabrik matni “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan e’lon qilingan.

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Tabrikning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

    Avvalo, siz, azizlarni — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, barcha xodimlarni yurtimiz hayotida ilk bor nishonlanayotgan qutlug‘ sana — Temiryo‘lchilar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Mustaqillik yillarida butun mamlakatimiz qatori O‘zbekiston temir yo‘llari sohasi ham og‘ir va mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli shakllanish va rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. O‘tgan davrda mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli va samarali bog‘laydigan, xalqaro transport tarmoqlariga chiqishni ta’minlaydigan, mustaqil, yagona va yaxlit temir yo‘l transporti kommunikatsiyalari tizimi barpo etilgani, hech shubhasiz, shu yo‘nalishda erishgan eng katta tarixiy yutug‘imiz bo‘ldi.

    Sizlarga yaxshi ma’lum, hozirgi vaqtda yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy qismi temir yo‘l sohasiga to‘g‘ri keladi va bu tarmoqning iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.

    Xalqaro transport tizimlarining ajralmas qismi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan O‘zbekiston temir yo‘llarining xalqaro tashuvlar tizimidagi roli yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

    Qadim zamonlardan buyon Buyuk ipak yo‘li va ko‘plab savdo yo‘llari tutashgan mintaqada joylashgan O‘zbekistonning geografik jihatdan o‘ta muhim o‘rni bu zaminda turli sivilizatsiya va madaniyatlararo muloqot va hamkorlik aloqalari muntazam amalga oshirilishi uchun qulay imkoniyat yaratgani shubhasiz, albatta.

    Xalqaro hamjamiyatning e’tirof etishicha, O‘zbekiston Sharq bilan G‘arbni, Janub bilan Shimolni bog‘laydigan ulkan transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatiga ega. Ana shu salohiyat va imkoniyatdan samarali foydalanayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining ko‘p millatli jamoasi temir yo‘l transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, takomillashtirish va rekonstruksiya qilish, temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.

    O‘tgan yillar davomida temir yo‘lchilarimiz tomonidan 1100 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llar barpo etilgani,4 ming kilometrlik temir yo‘l magistrallari modernizatsiya qilingani, 1700 kilometrlik temir yo‘l bog‘lamalari elektrlashtirilgani tahsinga sazovordir.

    Bu haqda so‘z yuritganda, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun g‘oyat muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan va Amudaryo uzra qurilgan ko‘prikni ham qamrab olgan Navoiy –Uchquduq – Nukus – Sulton Uvaystog‘, Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on va Angren – Pop temir yo‘llarining bunyod etilishi bilan O‘zbekistonning yagona va mustaqil temir yo‘l tarmog‘ini shakllantirish ishlari yakuniga yetkazilganini ta’kidlash zarur.

    Murakkab tog‘ va iqlim sharoitida bunyod etilgan, dengiz sathidan 1800 metr balandlikdagi tog‘ cho‘qqilari orqali o‘tgan va zamonaviy infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlangan, umumiy uzunligi 346 kilometr bo‘lgan Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on hamda Angren – Pop temir yo‘llari Markaziy Osiyo mintaqasida noyob inshootlar hisoblanadi.

    Ayniqsa, Angren – Pop elektrlashtirilgan yangi temir yo‘li loyihasini amalga oshirishda O‘zbekiston temir yo‘lchilari bilan birga xitoylik mutaxassislar ham katta hissa qo‘shganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardim.

    2016-yilda ishga tushirilgan ushbu temir yo‘l tarmog‘i Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan ishonchli bog‘lash imkonini yaratish bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa yangi xalqaro tranzit temir yo‘l tizimining ajralmas va muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qilayotgani ayniqsa e’tiborlidir.

    Yangi temir yo‘llarning foydalanishga topshirilishi mamlakatimizning shimoliy va janubiy hududlarining iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, mineral resurslar, neft va gaz, rangli metallar, qurilish materiallari va boshqa xomashyoga boy konlarni kompleks o‘zlashtirish, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, ming-minglab yurtdoshlarimizni ish bilan ta’minlash imkonini berayotgani barchamizni xursand qiladi.

    Ana shu ishlarning izchil davomi sifatida Maroqand – Qarshi temir yo‘l uchastkasida elektrlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi, Qarshi – Termiz temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining transport sohasidagi xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida harakatlanadigan tarkibni zamonaviy, yuqori samarali lokomotiv va qulay vagonlar bilan ta’minlash va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor berilmoqda. So‘nggi yillarda 49 ta zamonaviy elektrovoz va 10 ta yo‘lovchi tashiydigan teplovoz sotib olingani, 120 ta lokomotiv modernizatsiya qilingani bu boradagi ishlar ko‘lami tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

    “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘’ba korxonasida harakatlanadigan tarkibni ta’mirlash bazasini rivojlantirish, vagonsozlikni tashkil etish va quyuv korxonasini rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyihani amalga oshirish jarayonida 26,5 ming tonna metall quyish quvvatiga ega bo‘lgan korxona tashkil etildi, yangi yuk vagonlari, ko‘p tonnali konteynerlar ishlab chiqarishni kengaytirish va yuk vagonlarini kapital ta’mirlash va qayta tiklash ishlari yakuniga yetkazildi.

    Ispaniyaning jahonga mashhur “Talgo” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob” elektropoyezdlari qisqa muddatda xalqimiz va xorijiy mehmonlarning e’tibori va ishonchini qozondi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Hozirgi kunda ushbu poyezdlar poytaxtimiz Toshkent shahridan Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi tarixiy shaharlarimizga qatnamoqda, yo‘lovchilarimiz vaqtini ikki barobargacha qisqartirmoqda.

    O‘tgan davrda mamlakatimizda 16 ta yangi temir yo‘l vokzali bunyod etildi, 9 ta vokzal rekonstruksiya qilindi hamda yo‘lovchilarga xalqaro standart va talablar darajasida xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlandi.

    Mustaqillik yillarida temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarini rivojlantirish va infratuzilmalarni obodonlashtirish maqsadida 7,5 milliard dollardan ortiq kapital qo‘yilmalar, jumladan, 2,4 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar yo‘naltirildi.

    Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yo‘l, energiya ta’minoti, telekommunikatsiyalar, lokomotivlar, vagon va konteynerlardan foydalanish, yo‘lovchi tashish xo‘jaliklari, shuningdek, tarmoq loyihachilari, quruvchilari hamda sanoat korxonalari mamlakatimiz temir yo‘l tizimini rivojlantirishga, uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga salmoqli hissa qo‘shayotganini minnatdorlik bilan qayd etmoqchiman.

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan kundan buyon yuk tashish hajmi 2,1 marta, yo‘lovchi tashish hajmi 2 barobar ko‘paygani, temir yo‘llar orqali 1,4 milliard tonna yuk tashilib, 350 million yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazilgani sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan amalga oshirilgan ishlar salmog‘i naqadar katta ekanidan dalolat beradi.

    O‘z tarkibida 73 ming nafar yuqori malakali injener-texnik xodim va mutaxassislarni, yo‘lsozlar, mashinistlar, sanoat, loyiha va qurilish korxonalari, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining ishchi va xizmatchilarini birlashtirgan mehnat jamoasi, hech shubhasiz, tarmoqning bunyodkor kuchi, bebaho boyligidir.

    Aynan ana shunday o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi yurtdoshlarimizning sidqidildan qilayotgan samarali mehnati, bilim va tajribasi tufayli temir yo‘l tarmog‘i xalqimiz o‘rtasida haqli ravishda obro‘-e’tibor, hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lib kelmoqda.

    Hurmatli temir yo‘l transporti xodimlari!

    Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, fidokorona mehnatingiz, Vatanimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida qo‘shayotgan munosib hissangiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, ezgu ishlaringizda yangi-yangi muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik va fayzu baraka tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan avgust oyining birinchi yakshanbasi Temir yo‘l transporti xodimlari kuni deb e’lon qilingan edi.

    04.08.2017, 19:45   Izoh (0)   12052
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saidkamol Xo‘jayev “Agrobank” rahbari etib tayinlandi

    04.08.2017, 19:19

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh temiryo‘lchilarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

    04.08.2017, 19:05

    Mirziyoyevning tanqidiga uchragan “kelin-navkar”, cho‘rtanbaliqni quvgan Putin, dunyoning eng qimmat futbolchisi va kunning boshqa muhim xabarlari

    04.08.2017, 18:55

    Qo‘qon shahrida Korzinka.uz DISKONT supermarketi ochildi

    04.08.2017, 18:52

    Shavkat Mirziyoyev: Xonandalarimizning ba’zi kliplarini oila davrasida tomosha qilib bo‘lmay qoldi

    04.08.2017, 18:38

    Navoiyda ehtiyojmand oilalarga namunali uy-joy olish imkonini beruvchi maxsus sertifikatlar va zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi

    04.08.2017, 18:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Konate uchun “Liverpul”ga taklif tayyorladi

    Sport | 14 avgust, 13:35

    Germaniya Isroilga harbiy suvosti kemasi yetkazib beradi

    Dunyo | 14 avgust, 13:27

    Mobiuz’ni sotib olishga AQSH, Yevropa, Arab davlatlari qiziqish bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 13:09

    Tojikiston prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlandi — OAV

    Tojikiston | 14 avgust, 12:49

    Dunyoda birinchi marta is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 12:17

    Charlz Oliveyra Topuriya va Arman Sarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 14 avgust, 12:11

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim olish uchun chet elga borishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.