Saidkamol Xo‘jayev “Agrobank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror 3-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Eslatib o‘tamiz, Saidkamol Xo‘jayev iyun oyidan Markaziy bank raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi, bungacha 2016-yil martidan Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
1979-yilda tug‘ilgan Saidkamol Xo‘jayev Toshkent moliya instituti va Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.
U bank tizimida 1997-yildan beri ishlab keladi. 2014—2016-yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi lavozimida mehnat qilgan.
Izoh (0)