O‘zbekistonda 2017-yildan boshlab avgustning birinchi yakshanbasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-avgustda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida”gi farmonda belgilab qo‘yilgan.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati ikki oy muddat ichida temir yo‘l transporti xodimlari kunini nishonlash bo‘yicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishi lozim.
Qayd etilishicha, ushbu farmon “temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilarni tashish hajmini oshirish, temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida oxirgi yillarda erishilgan yutuqlarni hisobga olib hamda soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, sohada mehnat qilayotgan keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib” qabul qilingan.
Izoh (0)