O‘zbekiston TIV konsullik boshqarmasi va xorijdagi davlat konsullik muassasalari 2017-yilning birinchi yarmida 123,36 ming chet el fuqarolariga kirish vizalarini berdi. Bu haqda TIV matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
51,17 mingdan ortiq viza sayyohlarga va 17 mingdan ortig‘i ishbilarmonlarga berilgan. Bu ko‘rsatkich 2016-yilning xuddi shu davridagi sayyohlik vizalari soniga nisbatan 12 foizga (45,34 ming) oshgan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, olti oy ichida O‘zbekistonga (BMT Jahon turizm tashkiloti hisoblash metodologiyasi bo‘yicha) 1,125 million sayyoh tashrif buyurgan (o‘sish— 18 foiz).
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yarim yillikdagi sayyohlik xizmatlari eksporti 694,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Izoh (0)