Amerika senati Kristofer Reyni Federal qidiruv byurosi direktori lavozimiga tasdiqlagani haqida e’lon qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 92 senator uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan, ikki kishi esa qarshi ovoz bergan.
Shu tariqa, Rey FQBning AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan iste’foga chiqarilgan direktori Jeyms Komi o‘rnini egalladi.
2003—2005-yillarda AQSh bosh prokurori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan 50 yoshli huquqshunos va siyosatchi Reyning nomzodi 2017-yilning bahorida Tramp tomonidan taklif etilgan edi. Iyulda nomzodni huquqiy masalalar bo‘yicha senat qo‘mitasi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan edi.
Izoh (0)