NATO rasmiy vakili vazifasini bajaruvchi Dilan Uayt 1-avgust kuni Estoniya chegarasi yaqinida Rossiyaning MiG-31 va An-26 samolyotlariga Ispaniya harbiy-havo kuchlari qiruvchilari hamrohlik qilganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. Ammo ular tasodifan Finlyandiya havo hududiga kirib qoldi.
Avvalroq Finlyandiya harbiy muassasasi davlat chegarasini Ispaniya HHKning ikkita F-18 Hornet qiruvchilari buzib kirgani haqida xabar bergan edi.
Uayt aniqlik kiritishicha, Ispaniyaning ikkita F-18 qiruvchisi “Estoniya havo hududi yaqinidagi noma’lum harbiy havo kemalari”ni to‘xtatib qolish uchun Estoniyaning Emari aviabazasidan uchib chiqqan. To‘xtatib qolish uchun Finlyandiya qiruvchilari ham havoga ko‘tarilgan.
“To‘xtatib qolish bo‘yicha operatsiyani Finlyandiya qiruvchilariga topshirish vaqtida Ispaniya qiruvchilari tasodifan Finlyandiya havo hududiga kirdi. NATO havo qo‘mondonligi bo‘lg‘usi koordinatsiyani yaxshilash uchun hodisani Finlyandiya havo operatsiyalari markaziga tushuntirib berdi”, — dedi Uayt.
Rossiya mudofaa vazirligi MiG-31 va An-26 samolyotlari Boltiq neytral suvlari ustida rejali o‘quv parvozini amalga oshirganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)