AQShlik shifokor Amanda Xess homiladorligining so‘nggi lahzalarida o‘z bemorlaridan birini tug‘dirdi, deb yozadi TJournal. U bunday holatda ishlashi kerak bo‘lmagan, ammo navbatchi shifokor yo‘qligi sababli yordam berishga qaror qilgan.
Lia Xollidey-Jonsonning aytib berishicha, unda tug‘uruq jarayoni juda tez kechgan, bolaning bo‘yniga esa kindik o‘ralib qolgan. Shoshilinch chaqiruv haqida doktor Xess xabar topgan va palatasidan chiqib, ayolga yordam berish uchun kelgan. U o‘zi avvalroq qabul qilgan bemor bo‘lib chiqqan.
Bir necha martalik kuchanishdan keyin Xollidey-Jonsonning ko‘zi yorigan, Xess esa o‘z palatasiga qaytib ketgan. U yerda ayolni tulg‘oq tutgan va 11 soatdan keyin u ham farzandli bo‘lgan.
Izoh (0)