1-avgust kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga kirish bo‘yicha test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayni vaqtda, bir qator oliygohlar imtihonlarni yangi tartibda, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etdi.
Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan test imtihonlarini avvalgi yillardagidek Yunusobod tumanida joylashgan maktablarda emas, balki “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilishi joriy imtihon mavsumining eng katta yangiliklaridan biri bo‘ldi.
Mavzuga doir: Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi test imtihonlari — “Daryo” fotoreportajida
Ijtimoiy tarmoqlarda universitet imtihonlariga kirish jarayonidan olingan bir qator videolar e’lon qilindi. Ularning birida shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyent qiz: “Men endi o‘qishga kirolmaymanmi?”, — deb savol bilan yuzlanayotganini ko‘rish mumkin.
Ikkinchi videoda esa imtihonga kirayotgan abituriyentlar qattiq tekshiruvdan o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Megafon orqali abituriyentlarni qoidalarni buzmaslikka chaqirayotgan universitet xodimi telefon, shpargalka va boshqa yordamchi vositalar bilan qo‘lga tushgan 20 dan ziyod abituriyent imtihondan chetlatilganini e’lon qilayotganini eshitish mumkin.
Izoh (0)