• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Firdavs Abduxoliqov: Gulnoraning tosh-tarozisi

    O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov Gulnora Karimova atrofida aylanayotgan gap-so‘zlar borasida o‘z fikrini bildirdi. Uning maqolasi “Darakchi.uz” nashrida e’lon qilindi.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”
    Har bir insonning hayotida shunday damlar bo‘ladiki, u bir lahza to‘xtab, kundalik tashvishlardan bir muddat chekinib, bosib o‘tilgan yo‘lni, qilgan ishlarini sarhisob qilishga tutinadi. Gohida taqdirning o‘zi atayin, insonni ma’lum bir joyda, muayyan shaxslar bilan yuzlashtirib, ko‘p narsalarni xotirlash, yodga olishga, tafakkur qilishga undaydi. Menda ham xuddi shunday holat yuz berdi.

    Shu kunlarda biz “Rossiya-Kultura” telekanalining suratga olish guruhi bilan Buxoroyi Sharifda, ko‘pchilik uchun tanish, sevimli bo‘lib qolgan “O‘zbekiston – qumliklar javohiri” filmini davomi bo‘lishi kutilayotgan navbatdagi hujjatli kinoasar ustida ish olib borayotgan edik. Aynan shu yerda taqdir meni bir guruh vatanparvar, olijanob kishilar bilan yuzlashtirdi. Esimda, ular bilan 2013-yilda Fond Forum loyihalaridan biri (darvoqe bu men uchun oxirgisi bo‘lib qoldi) doirasida Naqshbandiya tariqatining buyuk vakili Xoja Bahovuddin Naqshband hazratlarining volidalari – Bibi Orifa maqbarasini ta’mirlash asnosida tanishib, do‘stlashib qolganmiz.

    Bir piyola choy ustida eski qadrdonlar bilan to‘rt yil avval yuz bergan o‘sha hodisalarni yodga oldik. Ko‘pchilikning esida – o‘shanda, Gulnoraning shubhali g‘oyalari sabab ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan ushbu me’moriy obidaga tutash ayollar masjidini qurmoqchi bo‘lishgan, faqat jamoatchilik vakillarining keskin noroziligi sababli mazkur obidaning asl holatini saqlab qolishga erishilgan edi. Xullas, ushbu yodgorlik buxorolik qo‘li gul ustalar tomonidan ta’mirdan chiqarildi.

    Gulnora... Xuddi xotiralarimizning aks-sadosi singari, bu ism kutilmaganda mamlakatimiz media-maydonini egallagan so‘nggi voqea-hodisalarning asosiy ishtirokchisi sifatida jarang sochdi. Gulnoraning shaxsi va va jinoiy faoliyati OAV va ijtimoiy tarmoq muhokamasidagi qaynoq mavzuga aylandi. Buxoroda ekanimda bu yangilik menga xuddi o‘ziga xos alomat sifatida ta’sir qildi va bugun, Toshkentga qaytar ekanman, mazkur maqolani qog‘ozga tushirishga jazm etdim.

    Shu bilan birga Gulnoraning korrupsiyaga aloqadorligi xususidagi fakt va raqamlar ommaga rasman ma’lum qilingach, axborotni oshkor etish borasidagi rasmiy to‘siqlarning barchasi olib tashlangan ayni paytda, jurnalist sifatidagi fikrlarimni oshkor etishim, shaxsiy fuqarolik pozitsiyamni bildirishim, hammasi qanday boshlanganiyu, qay tariqa rivojlangani, bugun bosh prokuratura o‘z saytida e’lon qilgan hodisalarning sabablari nimalarga borib taqalishi xususidagi mulohazalarimni qisqacha bo‘lsa-da, bayon etishim lozimligini angladim.

    Bugun keng jamoatchilik orasida Gulnoraning shaxsiyati haqida turfa xil fikrlar avj olganidan xabardorsiz. Men 2004-yildan boshlab uning tashabbusi bilan ilgari surilgan ijtimoiy va madaniy loyihalarning markazida bo‘lib kelganman. Binobarin shu bois yozilajak har bir so‘z uchun yuksak kasbiy mas’uliyatni his etgan holda, ushbu mulohazalar ko‘pchilikning bu boradagi nuqtai nazarini mustahkamlashi yoki o‘zgartirishiga ishonchim komil.

    Hozir ko‘pchilik Gulnoraning jinoiy faoliyati moliyaviy jihatlarini muhokama qilmoqda. Keling, biz gapni bu hodisalarning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratishdan boshlaylik. Zero, Gulnoraning rahbarligidagi xayriya loyihalari ko‘plab taniqli fan va madaniyat arboblari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ilg‘or yoshlarni o‘z atrofida birlashtirgan, ularning barchasi ushbu xatti-harakatlar insonlarga foyda keltirishiga, juda ko‘p ijtimoiy muammolarni hal etishiga ishongan edilar.

    Tamaddun va taraqqiyot shiorlari bilan sug‘orilgan insonparvar g‘oyalar atrofida odamlar tobora ko‘proq jipslasha bordi. Jahonga mashhur olimlar, jamoat tashkilotlari vakillari, san’at va siyosat arboblari, tadbirkorlar, milliy va xorijiy estrada yulduzlari ham Gulnoraning sa’y-harakatlari samimiyligiga shubha qilishmasdi. Jumladan har bir yangilanish va ijobiy o‘zgarishlarga xayrixoh tashkilotchi sifatida men ham ular safiga qo‘shilgandim.

    2004-yildan boshlab, u bilan birga viloyatlar bo‘ylab safarlarda bo‘lganman. (Fursatdagn foydalanib, aytishim lozimki, men Fond Forumda biror rasmiy lavozimni egallamaganman va ayrim xorijiy OAVlar shov-shuv ko‘targanidek, uning matbuot kotibi ham bo‘lmaganman. Shuningdek, Gulnora bilan hamkorlikdagi faoliyatdan hech qanday tijoriy maqsadni ham ko‘zlamaganman.)

    Qisqa vaqt ichida hududlarda o‘tkazilgan bunday ijtimoiy aksiyalar ommaviy tus oldi. Mazkur tadbirlarda ilgari surilgan taklif va g‘oyalarni amalga oshirish birgina tashkilotning imkon doirasida sig‘magani sababli, Fond Forum qoshida bir qator yangi nodavlat notijorat tashkilotlar ochildi. Nodavlat teleradiostudiyalar bilan hamkorlikda ana shunday g‘oyalardan biri – yoshlar jurnalistikasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirdik. Bu boradagi harakatlarimiz uning shaxsiy e’tiborida bo‘lgani uchun assotsiatsiya a’zolari, jumladan shaxsan o‘zim unga ko‘p bora minnatdorchilik bildirganman.

    Biz, shuningdek, uning faoliyatini keng yoritganmiz, mahalliy va xorijiy siyosat arboblari, iqtisodiyot va madaniyat xodimlarining intervyu va mulohazalarini efirga uzatganmiz – bularning bari bizga kuch va ilhom bag‘ishlardi. Boshqa ko‘plab mahalliy va xorijiy OAVlar ham Gulnoraning “yirik xayriya tadbirlari” va ularning samaradorligi haqida hayajon bilan xabar berishar, bu borada kino va estrada vakillarining jo‘shqin taassurotlarini ham efirga uzatishardi. Boshqacha aytganda, butun mamlakatni qamrab olgan xayriya tadbirlarida ishtirok etayotganlarning aksariyatini ularning beg‘arazligiga ishonishgandi.

    Insof yuzasidan aytish lozimki, ko‘plab keng qamrovli tadbirlar mas’uliyatli tadbirkorlarning, mahalliy hokimiyat vakillarining, faol fuqarolarning harakatlari va mablag‘i evaziga o‘tkazilgan. Dastlabki bosqichlarda biz u yoki bu loyihaning faol ishtirokchilariga Gulnoraning nomidan maxsus diplomlar ham taqdim etganmiz. Biroq, afsuski, keyinchalik bu an’anaga chek qo‘yildi va yirik jamoaning barcha yutuqlari faqat Gulnoraning nomi, shaxsiy tashabbusi va xizmatlari bilan bog‘lanadigan bo‘ldi.

    2010-yildan boshlab esa, Gulnoraning muzaffarona odimlarini jahon matbuotida tarqalayotgan, uning noqonuniy tijoriy faoliyatiga oid turfa axborotlar tez-tez ta’qib eta boshladi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, tadbirkorlik soyasidagi yashirin xatti-harakatlar hech kimni ajablantirmay qo‘ydi.

    Gulnora esa, ayni paytda o‘zini oqlash, mamlakatda va xorijda uni ta’qib etayotgan, amalga oshirayotgan xayriya ishlariga to‘sqinlik qilayotgan allaqanday kuchlarni qoralash maqsadida tez-tez matbuot anjumanlari uyushtira boshladi.

    Gulnora borgan sari asabiylashib, quyushqondan chiqib borardi. Bu uning jamoatchilikka nisbatan munosabatida ham yaqqol ko‘zga tashlanardi. Ilgari u tadbirlarga bir soat kechikib kelgan bo‘lsa, 2012-yildan boshlab, odamlar uni soatlab kutishga o‘rganib qolishdi. Ilgari kuch-g‘ayrat, jo‘shqinlik bilan kechgan yig‘ilishlar, forumlar va tadbirlar endilikda qanday umidsiz va so‘lg‘in ruhda boshlanar, bu tadbirlarni asosan u o‘zini maqtash va yoqmay qolganlarni keskin qoralash bilan o‘tkazardi.

    Zallarni odamlar bilan to‘ldirish katta qiyinchilik tug‘dirar, hamma turli bahonalar bilan xo‘jako‘rsinga uyushtirilayotgan bunday tadbirlardan qochishga tirishardi. Bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari va taniqli shaxslar Fondning tadbirlariga oshkora mensimaslik bilan qaray boshladilar. Jumladan mashhur xonanda Lara Fabian Art Week Style.UZ haftaligi doirasida o‘tishi belgilangan konsertda qatnashishdan namoyishkorona bosh tortdi. Natijada keng ko‘lamli loyihalar shunchaki rasmiyatchilikka aylandi-qoldi.

    Aytish joizki, o‘sha kezlari uning atrofida o‘zining tuban rejalarini amalga oshirishni istagan kimsalar to‘plandi. Turli guruhlarning o‘z ta’sir kuchini orttirish maqsadidagi bir-biriga qarshi xatti-harakatlari xorijiy matbuot va mutasaddi idoralarning e’tiboriga tushdi.

    2012-yilning yozi. Ko‘plab xorijiy OAVlari Gulnoraning nomi bilan bog‘liq korrupsion mojarolar xususida jar solishni boshladi. Bir necha millionlar bilan o‘lchanadigan poraxo‘rlik holatlari, noqonuniy o‘zlashtirishlar haqidagi rad etib bo‘lmas faktlarga asoslangan maqolalar uning “saltanati” poydevoriga zarba bergan, dastavval ijtimoiy ahamiyatga molik deya da’vo qilingan maqsadu muddaolar boshqalar nigohini chalg‘itish uchun o‘ylab topilgan nayrang ekanligi o‘z isbotini topgandi.

    Ana shunday noxush holatlarga bir misol: Ijtimoiy mas’uliyatga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari mablag‘i hisobidan amalga oshirilgan qator loyihalar xalqaro jamoatchilik ko‘zi oldida go‘yoki Gulnoraning shaxsiy moliyaviy manbalari, xususan shaxsiy brendiga oid zargarlik buyumlari savdosi hisobidan amalga oshirilgandek ko‘rsatilgan. Afsuski, har yili qator viloyatlarda muborak Ramazon oyida o‘tkazilgan “iftorlik” marosimlarida ham ana shunday yo‘l tutilgan. Shu o‘rinda o‘sha savobli ishlarga bosh qo‘shgan va bu haqda lom-mim demagan tadbirkorlarga, saxovatpesha hamyurtlarimizga beixtiyor tasanno aytging keladi.

    U himoyasi ostidagi kishilardan o‘zining jinoiy tuzilmalari va obro‘-e’tiborini asrab qolish yo‘lida foydalanishdan ham toymadi. Xususan, Shveysariya hukumati uning moliyaviy tuzilmalariga aloqador shaxslarni qamoqqa olganida, u “Ayollar kengashi” vakillaridan maxsus jadval asosida Shveysariya Konfederatsiyasi elchixonasida oldida piket uyushtirishni talab qildi. Bu ishga oxirigacha rozi bo‘lmaganlarni ayab o‘tirmadi.

    Shunda odamlar sud mojarolari va uzunquloq ovozalar shunchaki tasodif emasligini, balki ularning barchasi Gulnoraning o‘zi ham kutmagan noxush oqibatlar ekanini tushunib yetishdi. Uning tarafdorlari va tobelaridan bir qator OAV va elchixonalarga nisbatan “g‘azabnok” imzolar to‘plandi.

    Faollarning katta qismi uning jamoasini tark eta boshlagach, u boshqacha yo‘l tutdi: ommaviy axborot hujumlariga qarshi o‘z himoya qobig‘ini yanada mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatmalar berish uchun to‘kin dasturxonlar ustida turli “dilkash” suhbatlar uyushtirdi. Ana shunday suhbatlar natijasida yuzaga kelgan tungi yig‘inlardagi nihoyasiz hayqirq va xitoblar Gulnora qanday bo‘lmasin o‘zini oqlashga, keng jamoatchilik oldidagi obro‘-e’tiborini tiklashga jon-jahdi bilan urinayotganini ko‘rsatardi.

    O‘sha paytlarda hatto bir guruh yoshlarni uning nomini oqlashga yo‘naltirilgan ommaviy tadbirlarga jalb etishdi. Ammo, endilikda bu harakatlardan ko‘zda tutilgan maqsad shunchaki moliyaviy manfaatlarni asrab qolishdan boshqa narsa bo‘lmagani oydek ravshan. Gulnoraning shaxsan o‘zi Internet tarmog‘ida zarur axborot oqimi uchun yosh jurnalistlarni saralab, maxsus guruhlarni shakllantirar, ularning faoliyatini o‘zi nazorat qilardi. Mazkur guruh moderatorlari Gulnoraning ismini qoralashga intilayotganlarga qarshi nafratomuz “postlar”ni o‘qdek yog‘dirishardi.

    Bir paytlardagi do‘stona takliflar va tenghuquqli munosabatlar o‘rnini tahdid va ta’qiblar egalladi. Jamoatchilik tashabbuslari ham uning kayfiyatiga bog‘liq bo‘lib qoldi, buning jabrini esa, san’aktorlar, san’at va madaniyat arboblari torta boshladi.

    Gulnora sal bo‘lsa-da, fikri, nuqtai nazari o‘zinikdan farq qiladigan kishilarni chetga surardi. Men ham bir gal ana shunday vaziyatga tushganman: o‘shanda men buxorolik oqsoqol va mutaxassislar noroziligiga asoslanib, Bibi Orifa masjidi va maqbarasidagi qo‘shimcha qurilishni qo‘llab-quvvatlamagan, ushbu obidani faqat ta’mirlash bilan cheklanishga erishgan edim.

    Bu tortishuvni u eslab qolgan ekan. 2013-yilning may oyida, qayta ta’mirlangan maqbaraning ochilishi marosimida Gulnora kaminani oz emas, ko‘p emas, naq sotqinlikda aybladi. “Aybim” mamlakatdagi teleradioeshitrishlar faoliyatini nazorat qiluvchi davlat komissiyasi a’zosi sifatida, undan ruxsat so‘ramasdan yangi Uzreport-TV telekanalining ochilishini yoqlab ovoz berganim ekan. Qarangki, xalqaro jamoatchilik ko‘z o‘ngida bir necha marotaba so‘z erkinligi, OAV taraqqiyoti haqida bong urgan insonning o‘zi uning nazorati ostida bo‘lmagan yangi tuzilmalar va loyihalarni yaratishga qarshi ekanini yaqqol sezdirib qo‘ydi.

    Shu bilan birga 2013-yilning 15-may kuni O‘zbekistonda shaxsan o‘zim birinchi bo‘lib 1991-yili tashkil qilgan nodavlat telekompaniya – STVda Gulnoraning bevosita nazorati ostida boshlangan tekshirishlar yozga borib nafaqat telekompaniya direktori va jurnalistlari, balki men va mening yaqinlarimga nisbatan oshkora tazyiq darajasiga borib yetdi.

    Gulnora bilan oxirgi marta uning barcha huquqbuzarilklari fosh etilib, asl qiyofasi ochilib qolgan paytda – 2013-yilning oktabrida uchrashganmiz. U chek-chegarasiz huquqiy mashmashalardan bezgani ko‘rinib turardi. U menga ochiqdan-ochiq ultimatum qo‘ydi: agar men xalqaro jurnalistlar hamjamiyati bilan shaxsiy aloqalarimdan foydalanib, u va uning oila a’zolari o‘rtasidagi ziddiyatlarda uning foydasiga xizmat qiladigan axborotlarni tarqatishga ko‘mak bersam, menga nisbatan tazyiq va ta’qib to‘xtatilarkan! O‘shada uning takliflari mantiqqa zid ekanini va u o‘z maqsadlariga erishish, o‘z nomi va sha’nini saqlab qolish uchun yo‘lida uchragan barcha narsani yakson etishga, o‘zini oqlash uchun boshqalarning yuziga loy chaplashga tayyor ekanini va ushbu vaziyatda uning ta’qiblaridan yashirinish men uchun eng to‘g‘ri yo‘l ekanini tushunib yetdim.

    Shundan keyin boshimga tushgan tashvishlarni batafsil yozib, o‘quvchining qimmatli vaqtini olmoqchi emasman. Zotan bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarni birgina maqolaga sig‘dirish amri mahol. Faqat bir savol takror va takror xayolimda charx uraveradi: nahotki tarozining bir pallasidagi nafs vasvasasi narigi pallada turgan O‘zbekiston va xorijdagi o‘n minglab odamlarning ishonchidan, ularning pokiza orzu-istaklaridan, haqqoniy intilishlaridan ko‘ra ko‘proq tosh bosgan bo‘lsa?

    Bugun komil ishonch bilan ayta olamizki, yangi g‘oyalar va loyihalarni qisqa muddatda amalga oshirish uchun qandaydir yirik nodavlat tashkilotlarning ko‘magiga hojat yo‘q. Barcha byurokratik g‘ov va to‘siqlar olib tashlanishi barobarida, sog‘lom fuqarolik tashabbuslarini har tomonlama to‘laqonli qo‘llab-quvvatlash borasida kuchli mexanizmlar yaratilmoqda.

    2016-yilda tuzilgan Xalqaro Press klubdan tortib, yaqinda ta’sis etilgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqigacha (ularning sanab sanog‘iga yetish qiyin) fikrimizning isboti bo‘la oladi.

    Davlat va jamiyat taraqqiyparvar qonunlarga tayangan holda korrupsiyaga qarshi kurashishning mukammal mexanizmi, xalqaro me’yorlar talablariga javob beradigan, davlat rahbaridan tortib, hokimiyatning barcha tarmoqlari, adolatli sud-huquq tuzilmalari, erkin OAV, fuqarolik jamiyatining kuchli institutlarini o‘z ichiga olgan xalq bilan muloqot tizimi shakllanmoqda. Bu esa, kimlarningdir mamlakat ichida korrupsiya va jinoyatchilikka asoslangan “saltanati”ni yaratishiga, davlat va jamiyat manfaatlarini shaxsiy maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida oyoqosti qilishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi.

    Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi 

    Mavzuga doir: Bosh prokuratura: Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

    01.08.2017, 10:34   Izoh (0)   255957
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmazor tumanida o‘z mashinasida giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs qo‘lga olindi

    01.08.2017, 10:14

    Yuridik universitetining test jarayonlarini onlayn kuzatish mumkin

    01.08.2017, 09:22

    Berlinda O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari biznes-forumi o‘tkazildi

    01.08.2017, 09:18

    “Chuqursoy” postida Xitoydan 4 mlrd so‘mlik mahsulotni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga chek qo‘yildi

    01.08.2017, 09:04

    Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitada Saudiya taraqqiyot fondi ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    31.07.2017, 23:40

    Mobil operatorlarning 1-avgustdagi an’anaviy profilaktikasi, qog‘ozlar sabab “Yoshlar”ning direktorligidan ketgan Ozodbek, Toshkentda 4:30 dan yuradigan jamoat tra...

    31.07.2017, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Atalanta” “Roma”dan ustun keldi. Eldor Shomurodov 85 daqiqa harakat qildi (video)

    Sport | 13 may, 07:29

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.