Sankt-Peterburg metrosining bir necha bekatida o‘tkazilgan barcha yo‘lovchilarni qattiq tekshirish tajribasi muvaffaqiyatsiz o‘tgan, deb tan olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Butun shahar ayni vaqtda normativ baza qanchalik darajada chuqur o‘ylanmaganligini ko‘rdi”, — deyiladi metro matbuot xizmati xabarida.
Metropoliten rahbariyati Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov va Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenkoga normativ bazaga tuzatishlar kiritishni so‘rab, maktub yo‘llagan.
Xabar berilishicha, hozirda kunning tig‘iz paytida metro xavfsizlik xizmati xodimlari katta yuk bilan kirayotgan yo‘lovchilarni majburiy tartibda tekshirmoqda.
Izoh (0)