Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida Saudiya taraqqiyot fondi ekspertlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita mutasaddilari ma’lum qildi.
Uchrashuvda qo‘shma investitsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
Jumladan, “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarni barpo etish va ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlash”, “Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani qishloq aholisini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash” masalalari bo‘yicha o‘zaro muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, Toshkent shahri, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida qishloq uy-joylar qurilishi loyihasini yo‘lga qo‘yishda Saudiya taraqqiyot Fondining ishtiroki masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Izoh (0)