Toshkent shahar Yashnobod tumanida 30-iyul kuni Yashnobod tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan 63 tup nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yashnobod tumanida 30-iyul kuni 1970-yilda tug‘ilgan R.A. o‘z uyida 63 tup nasha o‘simligini yetishtirganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro R.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)