Checheniston poytaxtida 1995-yili Budyonnovskda tinch aholini garovga olish ishtirokchisi ushlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mazkur shaxsning ismi-sharifi, qo‘lga olingan aniq sana va 22 yil avval sodir bo‘lgan teraktda qanday rol o‘ynagani ma’lum qilinmadi.
“Kavkazskiy uzel” nashri manbalariga ko‘ra, erkak Shamil Basayev boshchiligidagi chechen jangarilari otryadi a’zosi bo‘lgan. U hibsga olish chog‘ida qarshilik ko‘rsatmadi va aybiga iqrorligini bildirib, tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumot uchun, 1995-yil 14-iyunda Shamil Basayev boshchiligidagi jangarilar guruhi Budyonnovskka hujum qilgan va 1,5 ming kishini garovga olgandi. Hujum chog‘i 129 kishi o‘ldirilgandi.
Izoh (0)