Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif mamlakat Oliy sudining korrupsiya bo‘yicha ish olib borilayotganligi munosabati bilan uni lavozimidan chetlatish to‘g‘risidagi qaroridan keyin o‘z lavozimidan ketdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Navoz Sharif oilasi a’zolariga qarshi ish 2016-yilda uning o‘g‘illarining “Panama hujjatlari”ga aloqadorligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng qo‘zg‘atilgan. Bu masala bo‘yicha sud jarayoni muxolifat tomonidan yo‘llangan petitsiya asosida boshlangan.
Navoz Sharif ayblarni rad etmoqda.
Izoh (0)