“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida Guanchjou (Xitoy) aeroportiga yangi yuk tashish reysining ochilishiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
Ayni paytda milliy aviakompaniya tijorat departamenti yuk tashish boshqarmasi mutaxassislari Guanchjouga yuk tashish reyslarini amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblarini olib bormoqda. Shuningdek, Boeing-767-300ER yuk tashish samolyotlarining Navoiy shahri aeroporti orqali parvozlari tartibi ishlab chiqilmoqda.
“Yangi yuk tashish aviayo‘nalishining ochilishi milliy aviatashuvchiga nafaqat ‘Navoiy’ xalqaro aeroporti parvozlari geografiyasini kengaytirish imkonini beradi, balki O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi biznes-hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)