Andijon viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Marhamat tumanida yashovchi O.R. Andijon shahar shohbekat hududida xolis xaridorga 3 dona qora rangli sellofan paketga solingan jami og‘irligi 1 kilogramm 378 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini 185 000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Hozirgi vaqtda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)