22 mamlakatdan 1200 dan ortiq harbiy xizmatchilar Xalqaro armiya o‘yinlari tanlovlarida qatnashish uchun Rossiyaga yetib keldi, deb yozadi “TASS” Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib. Ular orasida o‘zbekistonlik harbiylar ham bor.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston jamoasi Ozarbayjon, Angola, Armaniston, Belarus, Venesuela, Zimbabve, Misr, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Kuvayt, Laos, Mo‘g‘uliston, Nikaragua, Serbiya, Tojikiston, Uganda va Janubiy Afrika Respublikasi jamoalari bilan bir qatorda o‘yinlarda qatnashish uchun tayyorgarliklarni boshlab yuborgan.
Xalqaro armiya o‘yinlari bu yil 29-iyuldan 12-avgustgacha Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoy poligonlarida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)