AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Times gazetasini Qo‘shma Shtatlarning IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyni yo‘q qilishga urinishini chippakka chiqarishda aybladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“New York Times qovun tushirdi va AQShning yakkayu-yagona eng qidiriluvchi terrorchi — al-Bag‘dodiyni o‘ldirish harakatini yo‘qqa chiqardi. Ularning nosog‘lom kun tartibi milliy xavfsizlikdan muhimroq”, — degan yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
The Hill nashri Tramp Fox News telekanalidagi ko‘rsatuvdan so‘ng shunday yozuv qoldirganini taxmin qildi.
Ko‘rsatuvda 2015-yili AQSh al-Bag‘dodiyni yo‘q qilishga yaqin turgani, biroq gazetada OAV uchun mo‘ljallanmagan ma’lumotning chiqib ketishi operatsiyaga xalaqit bergani muhokama etilgandi. Teleefirda esa bu payt “NYT AQShning al-Bag‘dodiyni yo‘q qilishga urinishini chippakka chiqardi” degan yozuv paydo bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)