Chelyabinsk viloyatining Plastov tumanidagi Verxnyaya Kabanka qishlog‘ida 23-iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi yuz bergan yong‘in oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Bu haqda Rossiya FVV viloyat bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xususiy uydagi yong‘in oqibatida 4 nafar bola halok bo‘ldi, bir nafar katta yoshli kishi jarohat oldi.
Yong‘in tafsilotlari va sababini aniqlash uchun hodisa joyiga boshqarma tezkor guruhi va sinov laboratoriyasi yuborildi. Qurbonlarning yaqinlariga psixologik yordam ko‘rsatiladi.
Izoh (0)