Xitoyda kran qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Associated Press agentligiga ko‘ra, hodisa mamlakat shimolidagi Guanchjou shahrida yuz berdi. Infrastruktura va shahar qurilishi bilan shug‘ullanadigan Communications Construction kompaniyasiga tegishli kran 22-iyul, shanba kuni kechki payt quladi.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, yaradorlar kasalxonaga yotqizildi va barqaror holatda bo‘lib turibdi.
Kranning qulash sababi noma’lum. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlandi.
Izoh (0)