Shon Spayser iste’foga chiqqanidan so‘ng Oq uyga yangi matbuot kotib sifatida Sara Xakabi Sanders tayinlandi. Bu haqda Fox News’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Prezident ma’muriyatining rasmiy vakili o‘rinbosarining yangi lavozimga tayinlanganligi matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi.
Bundan oldin Sanders jurnalistlarga Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha bo‘limiga yangi rahbari etib Entoni Skaramuchchi tayinlanganini e’lon qilgan edi.
Aynan Skaramuchchi Sandersning prezident ma’muriyatining yangi matbuot kotibi lavozimiga o‘tganini ma’lum qildi.
Sanders ham, Skaramuchchi ham Spayserning qilgan mehnatlarini qadrlashlarini ta’kidlab o‘tdi va unga omad tiladi.
Avvalroq, Shon Spayser Oq uyning kommunikatsiya bo‘yicha bo‘limiga Skaramuchchi rahbar etib tayinlanganidan norozi bo‘lib ishdan bo‘shagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)