AQSh harbiy-havo kuchlari Afg‘onistonning Hilmand viloyatidagi dala lageriga bergan zarbasi oqibatida bir necha nafar mahalliy harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Biz mazkur baxtsiz hodisa tufayli jabr ko‘rganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi amerikalik harbiylar bayonotida.
AQSh Afg‘oniston hukumatini hodisa haqida ogohlantirgani, bu yuzasidan tekshiruv olib borilishi bildirilmoqda. Halok bo‘lganlarning soniga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)