Chempionlar xalqaro kubogining Xitoy turnesida ishtirok etayotgan Myunxenning “Bavariya” klubi ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham yengildi.
Bu safar Karlo Anchelotti shogirdlari transfer oynasining eng faol vakili hisoblangan “Milan”ga qarshi saf tortdi va o‘z darvozasidan javobsiz 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
Milanliklar 1-bo‘limning o‘zidayoq hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgandi. 2-bo‘limda nemislarning “uyg‘onishi” kutilgan bo‘lsa-da, voqealar rivoji boshqacha tus oldi va Vinchenso Montella boshchilik qilayotgan “Milan” hisobni sharmandali ko‘rinishga olib keldi.
Bunga qadar “Bavariya” Londonning “Arsenal” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. “Milan” esa Chempionlar xalqaro kubogidagi ilk o‘yinida Dortmundning “Borussiya” klubidan yengilgandi — 1:3.
Chempionlar xalqaro kubogi Shenchjen, Xitoy 22-iyul, shanba
Izoh (0)