Kanada general-gubernatori Devid Jonston va Yelizaveta II ning Londondagi uchrashuvi chog‘ida shov-shuvli voqea yuz berdi, deb yozadi “Vesti.ru”. Xorijlik siyosatchi va qirolicha zinadan tushayotgan vaqtda Jonston o‘z hamrohi yiqilib tushmasligi uchun uning tirsagidan tutdi. Qirolichaga qo‘l tekkizish taqiqlangan.
E’lon qilingan kadrlarda Jonston g‘amxo‘rlik bilan Yelizaveta II ga zinadan tushishda yordam berayotgani aks etgan. Qirolicha bunga normal tarzda munosabat ko‘rsatgan. U kanadalikning qo‘lini siltab tashlashga jur’at etmagan.
Jonstonning so‘zlariga ko‘ra, u xalqaro protokolni buzayotganini juda yaxshi bilgan.
“Men shunchaki Yelizaveta II qoqilib ketishidan qo‘rqdim. Menimcha, uning salomatligi har qanday rasmiyatchilikdan qimmatliroq”, — dedi kanadalik.
Ushbu hodisa natijasida general-gubernatorga nisbatan hech qanday sanksiyalar qo‘llanilmadi. Qirollik oilasi saytida voqea haqida hech qanday xabar chiqmadi.
Shu bilan birga, jurnalistlar ta’kidlashicha, qirolichaga aynan qay tarzda qo‘l tekkizish mumkinligi haqida hech qanday rasmiy qoidalar yo‘q. Ammo, Yelizaveta II ning qarindoshi bo‘lmagan suhbatdoshlarga uning qo‘lini qisish ruxsat etilgan deb hisoblaniladi, xolos.
Kanada general-gubernatori Yelizaveta II ga hurmat belgisi sifatida unga qimmatbaho taqinchoq sovg‘a qildi.
Izoh (0)