Anqara Berlinga Turkiyada qo‘lga olingan jurnalist Deniz Yudjelni bir yil avvalgi davlat to‘ntarishida ishtirok etgani gumon qilinayotgan va Germaniyaga qochib ketgan ikki nafar sobiq turk generaliga almashishni taklif qildi. Bu haqda Bild gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bir necha hafta oldin shunday taklif bilan chiqqan. Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakilining qayd etishicha, Berlin bunday almashuvga rozi bo‘la olmaydi.
Turkiyada hammasi bo‘lib, bir yil ichida davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda gumonlanib, Germaniyaning 22 nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Ulardan to‘qqiztasi hanuzgacha ozodlikdan mahrum qilish joylaridan saqlanmoqda. Nashrning qayd etishicha, nemis diplomatlari Anqara qo‘lga olinganlardan garov sifatida foydalanayotganiga ishonch bildirmoqda.
Izoh (0)