Taniqli “KVN”chi va teleboshlovchi Azamat Musagaliyev Rossiya telekanali promoroligi bilan bog‘liq shov-shuvli voqeadan keyin oilasiga qaratilgan ochiq tahdidlar kelib tushayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Rossiyaning “TNT” telekanali efiriga iyun oyida chiqqan, Musagaliyevning qiziqchi Nurlan Saburov bilan hazilona suhbati qozog‘istonlik teletomoshabinlarni g‘azablantirdi. Saburovning qozoqcha savoliga Musagaliyev “kurli-murli” deb javob qildi. Ko‘pchilik hazilni haqoratli deb hisobladi va “KVN”chiga tanqidlar yog‘dirdi.
“Hamma tanqid qilish huquqiga ega ekanligini tushunaman, va o‘z fikrini munosib tarzda bildirganlarga quloq solaman. Ammo men o‘zimga va oilamga qaratilgan tahdidlarni eshitishga tayyor emasman”, — deb yozdi Musagaliyev o‘z Instagram’ida.
Izoh (0)