Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening 5 nafar qo‘riqchisi Mindano orolidagi Kotabato provinsiyasida mamlakat Kommunistlar partiyasi qurolli otryadi a’zolari ekanligi taxmin qilingan shaxslar bilan to‘qnashuvda jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
CNN Philippines telekanaliga ko‘ra, prezident qo‘riqlash xizmatining 10 nafar vakili bo‘lgan ikki avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlaridan birida askarlar kiyimidagi 50 nafar jangari tomonidan to‘xtatildi. Qo‘riqchilar qurollangan kishilar harbiy xizmatchilar emasligini bilganidan so‘ng ularga qarata o‘t ochdi.
Jangarilarni hukumat qo‘shinlari ta’qib etmoqda. Hujum chog‘i Duterte mintaqada bo‘lmagani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Filippin prezidenti Mindanao orolidagi harbiy holatni uzaytirishni so‘rab, mamlakat Kongressiga murojaat qilgandi.
Izoh (0)