AQSh Senatidagi respublikachilarga Obamacare’ni yangilash tugul, hatto bekor qilish uchun ovozlar yetmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Respublikachi senatorlardan kamida uch nafari — Syuzen Kollins, Shelli Mur Kapito va Liza Murkovski mijozlarni himoya qilish va hammabop tibbiy yordam to‘g‘risidagi qonun (ACA, Obamacare’ning rasmiy nomi) bekor qilinishini ma’qullamasliklarini ma’lum qildi.
Senatdagi 48 nafar demokratning barchasi Obamacare bekor qilinishi va o‘zgartirilishiga qarshi chiqmoqda. Shu sababli respublikachilar mazkur masalada yakdil bo‘lgandagina ko‘zlangan maqsadga erishishi mumkin.
Ovozlar teng kelgan taqdirda vitse-prezident Mayk Pensda hal qiluvchi ovoz huquqi bor. Buni inobatga olganda respublikachilarga 52 senatorlaridan 50 nafarining ovozi ham yetardi, biroq hozir shu ham yo‘q.
Izoh (0)