Argentinada sovuq ob-havo tufayli yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Halok bo‘lganlarning ikki nafari Neuken va Misones provinsiyalarida sovuqdan, yana besh nafari esa pechlardan chiqqan is gazidan zaharlanib olamdan o‘tgan.
Argentinaga qattiq sovuq o‘tgan hafta kelgan. San-Karlos-de-Bariloche shahrida havo harorati -25,4 Selsiyga — ushbu aholi punktida qayd etilgan rekord darajadagi past haroratga tushib ketgan.
Izoh (0)