O‘tgan hafta davomida Yaponiyada ob-havoning issiqligidan kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shu davr oralig‘ida issiqdan aziyat chekkan 7,6 ming nafar odam shifoxonaga yotqizilgan. Bu esa undan oldingi haftaga nisbatan ikki barobar ko‘p demakdir. Shifoxonaga olib kelinganlarning yarmini 65 yoshdan oshgan insonlar tashkil qiladi.
Joriy yilda Yaponiyada issiqdan halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi.
Iyun oyi oxirida mamlakatning markaziy qismida havo harorati 35 daraja Selsiyga chiqib ketgan. Mahalliy hukumat odamlarni ko‘proq suyuqlik ichishga, bosh kiyimlarda yurishga va quyosh ostida ko‘p qolmaslikka chaqirmoqda.
Izoh (0)