Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni vaqtda Xorvatiya va Chernogoriyada o‘rmonlar yonishi davom etmoqda. Mutaxassislar fikricha, yong‘inlarga sigaret qoldiqlari va o‘chirilmagan gulxanlar sabab bo‘lmoqa, deb xabar berdi National Geographic.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Chernogoriyada mashhur kurortlarni o‘rab turuvchi o‘rmonlar yonmoqda. Sutomore shahri yaqinidagi Golo Brdo tog‘idagi o‘rmon yong‘in girdobida qoldi. Ayni vaqtga qadar yong‘inning ko‘p qismi o‘chirildi, biroq kuchli shamol hamda yuqori harorat olovni Lushtitsa yarimoroli bo‘ylab tarqatishni davom etmoqda. Bu yerdan bir necha yuzlab odamlar, jumladan, 300 nafar turistlar evakuatsiya qilindi.

Chernogoriyaning qolgan kurortlarida vaziyat nazorat ostida; faqatgina yong‘indan hosil bo‘lgan tutunlar noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Xorvatiyada esa vaziyat ancha jiddiy. Olov butun sohil bo‘ylab tarqalgan, Split kurort shahri ham anchagina zarar ko‘rgan. Olov bu yerda ko‘plab bino va avtomobillarni yo‘q qildi, 80 nafar odamning nafas olish yo‘llariga zarar yetgan.

Split hududi atrofida 4500 gektar maydon yonib kul bo‘lgan, ko‘plab yo‘llar berkitilgan. Yong‘inni o‘chirishga xalqaro mutaxassislar jalb qilingan.

Foto: Facebook/Daniel Herceg

Foto: Facebook/Daniel Herceg

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi