Turkiya politsiyasi Ko‘niya shahrida o‘tkazilgan operatsiya vaqtida IShID tashkilotining besh nafar jangarisini yo‘q qildi, to‘rt nafar politsiyachi jarohat oldi. Bu haqda Ko‘niya viloyati ma’muriyatining bayonotida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Vasti Kavkaza”.
Aniqlik kiritilishicha, favqulodda holat Meram hududida, IShIDga aloqadorlikda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish operatsiyasi vaqtida sodir bo‘lgan. Uning uyidagi jangarilar politsiyachilarga qarata o‘t ochgan. Otishma oqibatida besh nafar jangari yo‘q qilindi, to‘rt nafar politsiyachi yengil jarohat oldi.
“Uydan beshta Kalashnikov avtomati, pistolet va ko‘p miqdorda o‘q zaxiralari topildi”, — deya mahalliy hukumat bayonotidan parcha keltiradi “RIA Novosti”.
Izoh (0)