Peru poytaxti Limada sayyohlar avtobusi ag‘darilish oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi avtobus prezident saroyidan ikki kilometr uzoqda ag‘darilganini bildirdi.
Transport vositasi sayyohlarni poytaxt Lima manzaralarini tomosha qilish uchun San-Kristobal tog‘iga olib ketayotgandi.
Vazirlik avariya haydovchi tomonidan tezlik oshirilishi oqibatida sodir bo‘lganini taxmin qilmoqda
Izoh (0)