Neapol (Italiya) yaqinidagi Torre-Annunsiata shahrida besh qavatli uy qulab tushishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa joyida 80 kishi ishladi. Qutqaruvchilar bir sutkadan oshiq vayronalar ostidan jasadlarni olib chiqishga harakat qildi. 8-iyul, shanba kuni oxirgi qurbonning jasadi topildi.
Uy qulashi sabablari rasman ma’lum qilinmadi. Mahalliy rasmiylar bu Neapol—Salerno temir yo‘l liniyasi yonida joylashgan binodagi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)