Yaponiyadagi jazirama sabab 600 dan ziyod kishi kasalxonalarga yuborildi, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir deb aytilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yaponiyaning 47 prefekturasidan 45 tasida jami 608 kishi jazirama sabab kasalxonaga tushgan. Xabar berishlaricha, ulardan ikki nafari hushsiz, og‘ir ahvolda yotibdi.
Eng ko‘p jabrlanuvchi — 62 kishi Tokioda qayd etilgan: poytaxt hududida havo harorati +33,7 darajagacha ko‘tarilgan. Biroq bu mamlakat bo‘yicha eng yuqori havo harorati emas.
Masalan, Gifu va Gumma prefekturalarida harorat +36,5 darajagacha, Ayti prefekturasida +35,9 darajagacha, Saytama va Xokkaydoda +35,6, Kioto va Fukusimada esa +35,5 darajagacha ko‘tarilgan.
Izoh (0)