Italiyaning Neapol janubidagi Torre-Annunsiata shahrida ikki qavatli uy vayron bo‘ldi. Bu haqda ANSA agentligi Italiya yong‘in xavfsizligi xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayrona ostida ikki oila — sakkiz kishi qolgan bo‘lishi mumkin.
Voqea joyiga yong‘in xavfsizligi xizmati vakillari, ko‘ngillilar hamda vayron bo‘lgan uyda istiqomat qilgan odamlarning yaqinlari yetib kelgan.
Noxush hodisaga nima sabab bo‘lgani o‘rganilmoqda.