Keniya shimoli-sharqidagi Jima qishlog‘iga jangarilar hujum qilishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi.
“Sinxua” axborot agentligi xabariga ko‘ra, qurolli hujum, katta ehtimol bilan, “Ash-Shabob” terrorchilik tashkiloti tomonidan uyushtirilgan.
Mintaqaviy politsiya bo‘linmasi boshlig‘i Akello Odiamboning ma’lum qilishicha, jangarilar hujum vaqtida o‘qotar va sovuq qurollardan foydalangan.
“Biz hodisa yuz bergan hududga qo‘shimcha xavfsizlik kuchlarini yubordik”, — deydi mintaqaviy politsiya bo‘linmasi rahbari.
Izoh (0)