Toshkent shahrining Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida 7-iyul kuni, soat taxminan 10:30 da inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda UzNews.
Ma’lum bo‘lishicha, Matiz’ning rulida bo‘lgan 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, 1950-yilda tug‘ilgan pensionerni urib yuborgan.
“YTH oqibatida olingan jarohatlar sabab jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazilayotgan paytda olamdan ko‘z yumdi”, — deyiladi UzNews axborotida.
Izoh (0)