Toshkent shahrida foydalanilayotgan yo‘lovchi avtobuslari konstruksiyasida ventilyatorlar bilan jihozlanish ko‘zda tutilmagan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “1news.uz”.
Shu bilan birga, kompaniya shahar transportida qulay sharoitlar yaratishga qaror qildi va MAN hamda Isuzu rusumidagi avtobuslarni ishlab chiqaruvchilarga tabiiy shamollatish darchalari o‘lchamini kattalashtirishni taklif etdi.
Shuningdek, yo‘lovchi avtobuslarining yangi modellariga sovutgichlar o‘rnatishga qaror qilindi. Ushbu takliflar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshirish uchun qabul qilingani bildirilmoqda.
Izoh (0)