Ijtimoiy tarmoqlarda yangi BMW-X2 krossoverining patentlangan suratlari paydo bo‘ldi. Autoblog portalining ma’lumotlariga ko‘ra, suratlar Yaponiyadagi patent byuroda ro‘yxatga olingan, deb xabar berdi “Motor”.
Suratlardan ko‘rish mumkinki X2’ning tovar variant 2016-yilda taqdim etilgan shu nomdagi konseptga ko‘p jihatdan o‘xshash bo‘ladi. Seriyali ishlab chiqariladigan mashina optikasi, shuningdek, eshiklardagi ushlagichlar va an’anaviy yon oynalarining ko‘rinishi bilan farq qiladi.
Krossover 2018-yildan boshlab savdoga chiqarilishi kutilmoqda. Uning premyerasi kuzda Frankfurtdagi avtoshouda bo‘lib o‘tishi mumkin.
Izoh (0)