O‘zbekiston Prezidentining 5-iyuldagi farmoni bilan Muzaffar Soliyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bunga qadar Soliyev mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi aprel oyida mamlakat rahbarining farmoniga ko‘ra tashkil etilgan edi. Birinchi vazir Erkin Iskandarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilingan edi.
Izoh (0)