Suriya prezidenti Bashar Asadning tasviri birinchi bor Suriya banknotalarida paydo bo‘ldi. Amaldagi mamlakat rahbarining surati 2 ming funt nominalga ega banknotada tasvirlangan, deb xabar berdi Reuters.
Banknota 2-iyul, yakshanba kuni Suriya markaziy banki rahbari Durayd Durgam tomonidan taqdim etildi va shu kunning o‘zidayoq muomalaga chiqarildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, banknota tiraji bir necha yil oldin bosmadan chiqarilgan, biroq urush va ayriboshlash kurslarining tebranishlari sabab muomalaga kiritilmagan.
Yangi banknota, taxminan, 4 AQSh dollari qiymatiga teng. Bunga qadar Suriyadagi eng katta banknota 1000 funt edi. Unda Asadning otasi, Hofiz al-Asad tasvirlagan.
Yangi banknota Damashq va bir qator viloyatlarda muomalaga chiqarildi.
Izoh (0)