2017-yil, 30-iyun kuni taxminan soat 01:30 da Zokirjon Umarov va Nurmuhammad Jalilov Bektemir tumani hududida Olimjon Ibratovga tegishli Spark kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganidan foydalanib, avtomobilni olib qochdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mashina Bektemir tumani, “Suvsoz” mavzesida topildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Izoh (0)