AQShning Alyaska shtatida yashovchi 11 yoshli Elliot Klark tajovuzkor ayiqni otib tashlab, yaqinlarini qutqardi. Bu haqda shtat politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Hodisa o‘tgan haftada ro‘y bergani bildirilmoqda. Elliot, uning otasi, amakisi va amakivachchasi o‘rmonda sayr qilib yurganda yirtqich bolaning amakisiga tashlandi. Biroq Elliot sarosimaga tushmadi va ayiqqa qarata bir necha o‘q uzdi.
Bolaning otasiga ko‘ra, birinchi o‘q ayiqning yelkasiga, ikkinchisi esa burniga tegdi. Ularning hayotini Elliot qurolni yelkasida emas, qo‘lida olib yurgani saqlab qoldi.
Izoh (0)