Janubiy Koreya hududida bortida KXDRlik besh dengizchi bo‘lgan kichik kema qo‘lga olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shimoliy koreyalik dengizchilar Shimoliy chegara chizig‘ini kesib o‘tganidan so‘ng ko‘zga tashlangan.
Janubiy Koreya dengiz politsiyasi shimoliy koreyalik dengizchilarni janubiy yo‘nalish bo‘ylab kuzatib borgan.
Idora xodimlari shimollik dengizchilar bilan suhbat o‘tkazgan. Xabar berishlaricha, ularning ba’zilari Janubiy Koreyada qolish istagini bildirgan.
Avvalroq Janubiy Koreya sakkiz nafar shimollik dengizchini KXDRga topshirgani haqida xabarlar berilgan edi.
Izoh (0)